Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh esminetsining savdo kemasi bilan to‘qnashuviga sabab sifatida kiberaralashuv ham ko‘rib chiqiladi
AQSh harbiy-dengiz kuchlari Malakka bo‘g‘ozida “Jon Makkeyn" esminetsining savdo kemasi bilan to‘qnashuvi sababi sifatida qo‘poruvchilik yoki kiberaralashuv versiyasini ham o‘rganib chiqadi, deb ma'lum qildi AQShning harbiy-dengiz operatsiyalari qo‘mondoni Jon Richardson.
“Kiberaralashuv yoki qo‘poruvchilik bo‘lgani alomatlari hozircha yo‘q. Biroq biz barcha taxminlarni ko‘rib chiqamiz”, deb yozgan Richardson tvitterda.
Bundan tashqari, Richardson 21 avgustda esminets va kema to‘qnashuvi ataylab qilinganining alomatlari yo‘qligini aytgan.
AQSh esminetsi Singapur portiga ketayotganda 21 avgustda tongda Alnic MC savdo kemasi bilan to‘qnashib ketgan. To‘qnashuv oqibatida 10 dengizchi yo‘qolib qolgan va 5 nafari jarohat olgan.
Shikastlangan esminets Singapurning “Changi” bazasiga yetib kelgan. Dengizchilarni qidirish-qutqarish operatsiyasida harbiy flot va Singapur sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati, AQSh HDKning “Amerika” desant kemasida joylashgan vertolyot va konvertoplanlar ishtirok etmoqda.
Ushbu voqea 2017 yilda AQSh harbiy kemalari bilan sodir bo‘lgan 4-voqea bo‘ldi.
Mavzuga oid
07:37 / 30.05.2023
Kosovodagi to‘qnashuvlarda o‘nlab odam jarohat oldi
08:29 / 17.04.2023
Sudandagi to‘qnashuvlar o‘nlab odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi
16:53 / 29.10.2020
Fransiyada turk va arman diasporalari vakillari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi
00:55 / 11.08.2020