Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiyadagi hayvonot bog‘ida noodatiy lavozim taklif qilinmoqda
Finlyandiyadagi Extyari yovvoyi tabiat bog‘i noodatiy lavozimga ishchi qidirmoqda. Ta'kidlanishicha, hayvonot bog‘iga pandalarga qarovchi odam kerak. Yil oxirida 2 ta panda Xitoydan Finlyandiyaga keltiriladi va ularga “enaga” kerak bo‘ladi.
Hayvonot bog‘ining internetdagi sahifasida ta'riflanicha, yangi ishchi “mustaqil va qiyinchiliklarga tayyor bo‘lishi” kerak. Nomzoddan hayvonlar bilan ishlash malakasi, epchillik, guruhda ishlay olish, fin va ingliz tillarini bilish talab qilinmoqda. Bunda ingliz tilini bilish pandalarning ahvoli haqida Xitoy tomoni bilan ma'lumot almashish uchun kerak bo‘ladi.
Ma'lum qilinishicha, ishchi birinchi 6 oy faqat bo‘lg‘usi ishi bilan tanishadi va pandalarga qanday qarash kerakligi, ularning ehtiyojlari, odatlari va ularga veterinar yordam ko‘rsatishni o‘rganish uchun bir qism vaqtini Xitoyda o‘tkazadi.
Mavzuga oid
15:21 / 20.05.2025
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi
12:22 / 05.03.2025
Tatuirovka teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin
17:40 / 03.12.2024
Hongkongda 2,5 ming panda haykallaridan iborat ko‘rgazma o‘tkazilmoqda
22:25 / 24.11.2024