Jahon | 17:25 / 22.08.2017
3979
2 daqiqa o‘qiladi

Maldiv orollari 60 yillik moratoriydan so‘ng o‘lim jazosini tikladi

Maldiv orollari, xalqaro tashkilotlar bosimiga qaramay, 60 yillik moratoriydan so‘ng, oliy jazoni tiklamoqda. Bu haqda Reyter agentligi mamlakat prezidenti katta maslahatchisi Abdulloh Yaminga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Maslahatchining so‘zlariga ko‘ra, oliy jazo qotillik va giyohvand moddalari bilan bog‘liq o‘sib borayotgan jinoyatlarni "to‘xtatib turish" vositasi sifatida qo‘llaniladi.

"Aksariyat maldivliklar (o‘lim jazosini) qo‘llab-quvvatlashmoqda. Bu har qanday hukumat uchun murakkab qaror. Ammo, hukumat beayb fuqarolar hayotini saqlashga mas'uldir", — degan Yamin.

Yaminning ma'lum qilishicha, qatl qilish omma oldida ijro etilmaydi. Hukumat jazoni ijro etish uchun Mafushi orolidagi asosiy qamoqxona yonida maxsus kamera barpo qiladi. 

Avvalroq, BMT va Amnesty International xalqaro tashkiloti Maldiv orollari hukumatini oliy jazoni amaliyotga joriy qilishdan tiyilishga chaqirgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid