Wal-Mart ombor-dirijablni patentlamoqda
Wal-Mart savdo tarmog‘ida dirijabllar yordamida yuklarni saqlash va tashish konsepsiyasi ishlab chiqildi, keyin esa darhol uni patentlashga qaror qilindi. Patent arizasiga qo‘shib berilgan qaydnomaga ko‘ra, gaz bilan to‘ldirilgan dirijabl avtopilot yoki yerdan boshqariluvchi operator yordamida 300 metrgacha balandlikda uchadi. Hi-News shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
Dirijablning yukxonasi nafaqat jo‘natmalarni tashish, balki kichik buyurtmalarni yetkazib berishda qo‘llanuvchi dronlarni saqlash uchun ham xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari, o‘sha yerda, dirijabl bortining o‘zida kerakli personal bo‘ladi, yuk tashuvchilar va ta'mirlash xizmati muhandislari shular jumlasidandir.
Kurerlik dirijabli g‘oyasi shunisi bilan diqqatga sazovorki, katta havo kemasi biryo‘la bir necha tumanga xizmat ko‘rsatishi va shu tariqa mijozlarga tovar yetkazib berishga ketadigan mablag‘larni qisqartirishga yordam berishi mumkin, zero kompaniya bunga juda ko‘p resurs va pul sarflaydi. Uchar ombor logistikani yengillashtirib, jo‘natmalarni bir punktdan boshqasiga tashish zaruratidan xalos qiladi.
Wal-Mart ilg‘or texnologiyalarni yaxshi ko‘radi, shuning uchun vaqt bilan hamnafas yurishga harakat qiladi. Kompaniya xodimlari allaqachon virtual reallikka o‘qishni boshlab yuborishgan, tarmoqning ba'zi supermarketlarida esa avtomatlashtirilgan aravachalar paydo bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
09:53 / 20.11.2024
Voronej yaqinidagi sanoat korxonasiga dronlar hujum qildi
13:18 / 19.11.2024
O‘quvchilar o‘rtasida kibersport va dronlar bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi
10:47 / 11.11.2024
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
10:58 / 07.11.2024