Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kiyevga o‘qotar qurollar yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqmoqda
AQSh rahbariyati Ukrainaga o‘qotar qurol-aslahalar yetkazib berish masalasini muhokama qilmoqda. Pentagon rahbari Jyeyms Mettis prezident Pyotr Poroshenko bilan birga o‘tkazgan matbuot anjumanida shu haqda bayonot berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
«Agar mudofaa maqsadlaridagi o‘qotar qurollar haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, biz bu masalani o‘rganayapmiz. Men Amerikaga qaytgach, mamlakat rahbariyatini aniq narsalardan xabardor qilaman va amalga oshirishni taklif etaman»,— degan Mettis.
Poroshenko, o‘z navbatida, bu mavzuni «tinch joyda» muhokama qilish kerak.
Avvalroq, AQSh senatori Jon Makkeyn mamlakat prezidenti Donald Trampni Ukrainaga o‘qotar qurollarni taqdim etishga chaqirgan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:00 / 28.05.2025