O‘zbekiston | 23:15 / 24.08.2017
22053
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi tarkibi tasdiqlandi

Foto: KSU.uz

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining qarori bilan mamlakat Konstitutsiyaviy sudi tarkibi tasdiqlandi. «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash to‘g‘risida»gi Senat qarori matni O‘zAda nashr etildi.

«Quyidagilar: Askarjon Boyisovich Gafurov, Fayzulla Abdulxayevich Kayumov, Baxtiyor Dexqonboyevich Miralimov, Baxtiyor Shamsutdinovich Mirboboyev, Genjyemurat Pirjanov, Qahramon Uljayev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi lavozimiga saylansin», — deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, Konstitutsiyaviy sud qarori bilan Baxtiyor Shamsutdinovich Mirboboyev Konstitutsiyaviy sud raisi, Askarjon Boyisovich Gafurov rais o‘rinbosari etib saylandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid