Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi 2025-2027 yillarda AACCga raislik qiladi
O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi 17-21 sentabr kunlari Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan Konstitutsiyaviy sudlar va ularga tenglashtirilgan institutlar Osiyo assotsiatsiyasi (AACC)ning 6-Kongressi va a’zolari kengashi (BoMM) yig‘ilishida ishtirok etdi.
"Barqaror jamiyat manfaatlari yo‘lida konstitutsiyaviy odil sudlovni mustahkamlashda konstitutsiyaviy sudlar va unga tenglashtirilgan institutlarning o‘rni" mavzusiga bag‘ishlangan tadbirda 14 davlat Konstitutsiyaviy sudlarining yuqori lavozimli mutasaddilari, shuningdek, ko‘plab kuzatuvchilar va taklif etilgan mehmonlar qatnashdi.
Konferensiya davomida O‘zbekiston delegatsiyasi "Konstitutsiyaviy adolat tamoyillari", "Tez o‘zgaruvchan global sharoitda konstitutsiyaviy sudlarning roli", "Inson huquqlari va iqlim adolatini himoya qilish" mavzularidagi asosiy muhokamalarda ishtirok etdi.
Kongress yakunlari bo‘yicha konstitutsiyaning ustuvorligini ta’minlash va asosiy huquqlarni himoya qilish bo‘yicha eng muhim majburiyatlarni belgilab beruvchi Bangkok deklaratsiyasi qabul qilindi.
Tadbirda O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi 2025-2027 yillarda AACCga raislik qilishini e’lon qilindi. 2025-2027 yillar davomida AACCdagi raislik O‘zbekistonda konstitutsiyaviy boshqaruv va odil sudlovni ilgari surishda istiqbolli yondashuvni namoyon etib, mamlakatga Osiyo mintaqasida konstitutsiyaviy sudlarning kelajagini shakllantirishda muhim rol o‘ynash imkonini beradi.
Mavzuga oid
18:34 / 11.12.2024
Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur - Konstitutsiyaviy sud
18:14 / 11.12.2024
Konstitutsiyaviy sud prokurorlarning ikkita vakolatini bekor qilishga chaqirdi
18:14 / 13.01.2024
Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati o‘zgardi
18:50 / 06.12.2023