Raqobat qo‘mitasi: Istirohat bog‘larida spirtli ichimliklar sotish qat'iyan man etiladi

Foto: Kun.uz
24 avgust kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda qo‘mita vakillari iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama bozorini tartibga solish va aholining iste'mol madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri Toshkent shahrida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida spirtli ichimliklar bilan savdo qilayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi mavjudligi, hattoki ichimlik surati tushirilgan reklama-banneri yo‘lakka olib chiqib qo‘yilgani, bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 178.1-moddasi buzilganini aytib o‘tdi. Bu holatga Raqobat qo‘mitasi qanday qaraydi?
"Bu holatni o‘rganish uchun zudlik bilan bugunning o‘zida yuqorida qayd etilgan joyga chiqamiz. Oilaviy, yosh bolalar sayr qilishi uchun mo‘ljallangan har qanday istirohat bog‘larida spirtli ichimliklarni sotish qat'iyan taqiqlanadi. Nafaqat bog‘ning ichida, balki uning atrofida 500 metrgacha bo‘lgan masofada ham spirtli ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanish man etilgan", - deya ta'kidladi Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi xodimi Dehruz Yunusov.
Shuningdek, boshqarma vakili bugungi kunda bog‘lar tashqarisida 500 metrgacha bo‘lgan masofagacha spirtli ichimliklarni sotish taqiqlangani qoniqarli emasligi, tez kunlarda bu masofa yanada kengaytirilishi hamda qonunga qarshi ish qilayotgan sotuvchilarga qat'iy jazo choralari qo‘llanilishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid

15:17 / 20.03.2024
“Iste’molchi manfaatlari ustunligini hisobga olish tarafdorimiz” - Raqobat qo‘mitasi BYD importiga cheklov haqida

17:06 / 20.01.2024
Adliya vazirligi va Raqobat qo‘mitasi maishiy texnikachilarga berilgan imtiyozlarga munosabat bildirdi

00:06 / 07.11.2020
Koronavirusga chalinganda iste'mol qilish taqiqlangan mahsulotlar ma'lum qilindi

18:20 / 27.09.2018