Fan-texnika | 14:25 / 25.08.2017
17930
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung imperiyasining vorisi 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Foto: Reuters

Janubiy Koreya sudi Samsung korporatsiyasining haqiqiy rahbari Li Chje Yonga 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Yonhap agentligining xabar berishicha esa, uni poraxo‘rlik, ko‘p miqdordagi kamomad, kapitalni olib chiqib ketish va yolg‘on guvohlik berishda ayblashgan. Sud qaroriga ko‘ra, Li Chjye Yon taxminan 6,38 mln dollarlik pora berish holatiga aloqador. Bu mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xega yaqin shaxslar bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.

Prokuratura Chje Yonni 12 yilga ozodlikdan mahrum qilishni talab qildi. U aybini tan olmadi va hukmni qayta ko‘rib chiqish maqsadida shikoyat arizasini yo‘llash niyatida.

Chjye Yon 2017 yilning fevralida hibsga olingandi. Tergovga ko‘ra, Samsung 2015 yilning oktabri va 2016 yilning yanvarida taxminan 38 mln dollarni prezidentning dugonasi Chxve Sun Silning qizi hisob raqamlariga o‘tkazib bergan.

Bloomberg ma'lumotiga ko‘ra, Chje Yondan tashqari Samsung’ni to‘rt nafar sobiq top-menejyeri ham aybdor deb topilgan. 

Avvalroq Samsung rahbari poraxo‘rlikda aybdor deb topilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid