Toshkent shahar IIBB norozilikka sabab bo‘lgan xabari uchun uzr so‘radi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatining qidiruvga berilgan shaxslar haqidagi xabari undagi «viloyatlik shaxslarga o‘xshash» iborasi uchun jamoatchilikning keskin noroziligiga uchragach, xabarni o‘zgartirdi va fotomateriallarni tahrirladi.
Dastlabki xabarda ilova qilingan suratlarning birida qidiruvga tushgan shaxslardan birining «kiyinishi viloyatliklarga o‘xshashi» qayd etilgandi. Xabarning yangi tahririga ilova qilingan suratlarda «kiyinishidan viloyatlik shaxslarga o‘xshash» haqidagi ta'kid yo‘q.
Shuningdek, shahar IIBB bu masalaga oydinlik kiritib, xodimning e'tiborsizligi sababli shunday xatoga yo‘l qo‘yilganini ma'lum qilgan.
«Toshkent ShIIBB rasmiy saytida chiqqan bu xabar turli internet saytlar tomonidan, havola berib tarqatildi va gumondorlardan biriga tarif berishda «viloyatlik shaxslarga o‘xshash» atamasi odamlar orasida e'tiroz keltirib chiqargani ma'lum bo‘ldi.
Shuni ma'lum qilamizki, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan yurtimiz fuqarolari bunday atama bilan toifalanmaydi, bunday holat xabarni tayyorlagan xodimning e'tiborsizligi tufayligina kelib chiqqan. Buni hech qanday g‘araz maqsad emas, shunchaki tushunmovchilik sifatida qabul qilinishini so‘rar edik.
Xodimga nisbatan tushuntirish ishlari olib borildi va kelgusida bunday xatoga yo‘l qo‘yilmasligini bildirib o‘tamiz», deyilgan izohda.
Mavzuga oid
07:47 / 15.06.2021
Toshkentda IIBB xodimi va ichki ishlar bo‘limiga kelgan fuqarolar o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi
17:34 / 20.05.2021
Bo‘stonliqda Toshkent shahar IIBB xodimi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:01 / 06.05.2021
Ravshan Sultonxo‘jayev Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi
23:51 / 24.02.2021