Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Varshava: Polsha Ikkinchi jahon urushi uchun Germaniyadan to‘lov olishga haqli
Polsha bosh vaziri Beata Shidloning bayonot berishicha, rasmiy Varshava Germaniyadan Ikkinchi jahon urushi davrida yetkazilgan zarar uchun reparatsiya-tovon puli so‘rashga haqli. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
«Polsha adolat haqida gapirmoqda. Polsha bajarilishi lozim bo‘lgan narsa haqida so‘z yuritayapti. Biz Ikkinchi jahon urushidan jabr ko‘rganlarmiz. Biz shunday jabrdiydalarmizki, bizga yetkazilgan zarar, hozirgacha biror usulda qaytarilgani yo‘q», — degan Shidlo.
Shidlo ushbu tashabbus tanqidchilariga Polsha tarixiga nazar solishni va Ikkinchi jahon urushi davrida mamlakat yerlarida nimalar sodir etilgani bilan yana bir bor tanishib olishni tavsiya qildi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025