Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘ishtni ishlab chiqarish tufayli 85 mln so‘m noqonuniy daromad olgan “tadbirkor” fosh etildi
G‘uzor tumanining Kerait qishlog‘ida yashovchi Xursand Jo‘rayev (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) o‘ziga tegishli joyda sex tashkil qilib, g‘isht ishlab chiqarishni boshlaganida faoliyatini qonuniylashtirish xususida o‘ylab ham ko‘rmadi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Cho‘ntagiga tushayotgan daromad bo‘linishini istamagan “tadbirkor”ning faoliyati 2011 yildan 2016 yilning 1 iyuliga qadar rosa “gurkiradi”. Bu vaqt oralig‘ida u 1 mln. 275 ming 960 dona, ya'ni 1 mlrd. 258 mln. 236 ming so‘mlik g‘isht ishlab chiqarib, 85 mln. 515 ming so‘m miqdorida nazorat qilinmaydigan daromad topdi. Yashirin faoliyati oshkor bo‘lgach, unga tegishli bo‘lgan jami 8 mln. 112 ming so‘mlik mahsulot va asbob-uskunalr ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan X.Jo‘rayevga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, sud hukmi bilan jazo muqarrarligi ta'minlandi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025