Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalla fuqarolari yig‘ini kotibi bo‘lib ishlovchi pensionerlarga ham pensiya to‘liq to‘lanadimi?
SAVOL: Men Navoiy shahri «Chinor» MFYda kotiba bo‘lib ishlayman. O‘zim nafaqadaman. Mening nafaqam to‘liq saqlanib qolgan holda oylik ish haqi to‘lanadimi ?
Manzura Toirova, Navoiy shahri.
JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevral kuni qabul qilingan «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4944-sonli Farmonining 6-bandiga binoan Respublika kengashi, hududiy kengashlar raislarining birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari lavozimlarida ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni to‘la miqdorda to‘lash ko‘zda tutilgan.
Shunga ko‘ra, siz mahalla fuqarolari yig‘ini kotibi bo‘lganingiz sababli sizga pensiya to‘la miqdorda to‘lanmaydi.
Savollarga Navoiy viloyat adliya boshqarmasi Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta'minlash sho‘'basi yetakchi maslahatchisi Z.Jo‘rayeva hamda Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i M.Turdiyeva javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
19:30 / 25.05.2025
Rossiyalik oligarx mamlakatda pensiyani bekor qilish taklifi bilan chiqdi
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
11:37 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
19:20 / 25.04.2025