Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda O‘zbekistonning uch fuqarosi pichoqlandi
O‘zbekistonning uch fuqarosi Peterburgning Admiralteysk tumanida noma'lum shaxslar hujumidan so‘ng pichoq orqali yetkazilgan jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketildi. Bu haqda "Interfaks" xabar berdi.
"2017 yilning 25 avgust kuni Obvodniy kanali yonidagi 134-uy yonida, soat taxminan 20.00lar atrofida bir guruh shaxslar o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Natijada uning uch ishtirokchisi – 21-24 yoshdagi yigitlar pichoq jarohatini olishdi va shifoxonaga olib ketildi", - deya xabar bergan Rossiya IIVning Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Politsiyachilar hodisa tafsilotlarini aniqlashtirishmoqda.
"Interfaks"ga vaziyat bilan tanish manbaning xabar berishicha, mojaro vaqtida O‘zbekistonning 21-25 yoshlardagi uch fuqarosi pichoqlangan. Jabrlanganlarning o‘zi esa politsiyachilarga noma'lum shaxslar hujumiga uchraganliklarini xabar berishdi.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
15:56 / 15.04.2025