Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev huquq-tartibot, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklarining bir guruh xodimlarini mukofotladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 26 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Unda ta'kidlanishicha, xodimlar huquqiy davlatni shakllantirish va milliy qonunchilikni takomillashtirishga, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini himoya qilishga, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish va yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan katta hissasi uchun mukofotlanganlar.
Farmonga muvofiq, ular «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist», II darajali «Shon-sharaf» ordeni, «Do‘stlik» ordeni, «Mardlik» ordeni, «Jasorat» medali, «Sodiq xizmatlari uchun» medali, «Shuhrat» medali bilan mukofotlanganlar.
Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati matbuotda e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi
21:32 / 19.05.2025