Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video. Murodjon Ahmadaliyev qozog‘istonlik raqibiga yutqazib, turnirni tark etdi
Bugun, 27 avgust kuni Hamburgda boks bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi kun janglari boshlandi.
56 kg. vaznda turnirga kelgan O‘zbekiston vakili Murodjon Ahmadaliyev qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyevga qarshi ringga ko‘tarildi.
2013 yilgi jahon chempionatining kumush medali egasi, Rio olimpiadasi bronza medali sohibi hisoblangan Murodjon Ahmadaliyev ushbu jangda 1:4 hisobida yutqazdi va turnirni tark etdi (30:27, 30:27, 30:27, 28:29, 29:28).
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon chempionatida dastlabki yo‘qotishga uchradi.
Qayd etish kerakki, ushbu bokschilar shu vaqtgacha ikki marta to‘qnash kelgan bo‘lib, ularning har ikkisida ham o‘zbekistonlik sportchi g‘alaba qozongandi. Xususan, Rio Olimpiadasining chorak finalida Murodjon Ahmadaliyev Yeraliyevni yenggandi.
Mavzuga oid
09:25 / 04.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioniga qarshi jang qiladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
08:50 / 17.12.2023
Murodjon Ahmadaliyev nokaut evaziga g‘alaba qozondi
09:29 / 09.04.2023