Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madrimov amerikalik raqibini mag‘lub etdi, Ahmadaliyev yutqazdi
Ahmadaliyev WBA va IBF kamarlarini filippinlik bokschiga boy berib qo‘ydi.

O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov (9-0-1, 6 KO) AQShning San-Antonio shahrida navbatdagi jangini o‘tkazdi.
O‘rta vazn (-72,57 kg) toifasidagi jangda o‘zbekistonlik bokschiga Rafael Igbokve (16-4, 7 KO) raqiblik qildi.
Dastlabki raundda bokschilar teng kurash olib bordi, Madrimov so‘nggi soniyalardagi kuchli zarbasi orqali raundni muvaffaqiyatli yakunladi.
Keyingi raundlar O‘zbekiston vakilining ustunligida o‘tdi.
Madrimov is throwing hammers in the 9th, but Igbokwe is holding strong 😯#RodriguezGonzalez | @autozone pic.twitter.com/i27LuY1CUi
— DAZN Boxing (@DAZNBoxing) April 8, 2023
10 raund davom etgan jangda Madrimov Igbokve ustidan 100-90, 99-91, 99-91 hisobida g‘alaba qozondi va profi boksdagi 9-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Mazkur boks oqshomida yana bir o‘zbekistonlik bokschi, professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,3 kg) WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (11-1, 8 KO) ham IBF yo‘nalishida majburiy da’vogar Marlon Tapalesga (37-3, 19 KO) qarshi ringga chiqdi.

Jang 12 raund davom etdi va hakamlar qaroriga (118-110, 113-115, 113-115) ko‘ra, filippinlik bokschi kichik ustunlik bilan g‘alaba qozondi.
Some fireworks to start the 5th 💥#RodriguezGonzalez pic.twitter.com/MIoHJGCk93
— DAZN Boxing (@DAZNBoxing) April 9, 2023
Shu tariqa Ahmadaliyev professional boksdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. WBA va IBF kamarlari esa Tapalesga o‘tdi.
Mavzuga oid
09:25 / 04.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioniga qarshi jang qiladi
01:04 / 23.02.2025
Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun kechgan jangda mag‘lub bo‘ldi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
17:39 / 09.12.2024