Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Almazbek Atamboyev: Balkim, mening do‘stim prezident bo‘lar
Qirg‘iz respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyev O‘sh viloyatiga tashrifi chog‘ida kimning navbatdagi davlat rahbari bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda 24.kg axborot agentligi xabar bermoqda.
«Men ham o‘zim ishonadigan do‘stim prezident bo‘ladi, deb o‘ylayman», — degan Qirg‘iziston rahbarii Almazbek Atamboyev viloyatning O‘zgan tumani Intimoq qishlog‘i aholisi bilan uchrashuvida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatga umidbaxsh yosh kadrlar kelgan. «O‘zim tarbiyalagan yosh yigit bosh vazir bo‘ldi. Hukumatga yosh kadrlar keldi va men ishonamanki, ular men boshlagan yo‘ldan davom etishadi», — degan Almazbek Atamboyev.
Uning qayd etishicha, prezident lavozimini tark etganidan so‘ng, davlat lavozimini egallamaydi, ammo boshlagan ishini kuzatadi.
“Men davlat lavozimini egallashim mumkinligi haqida asossiz tashvishlanganlar yengil nafas olishlari mumkin”, - degan Almazbek Atamboyev.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil aprelida Zargar va Jalpoqtosh ovullarida ko‘chkilar ro‘y bergan, buning natijasida 24 kishining yostig‘i qurigan, yuzlab odamlar uylarini tark etgan edi. Prezident devoni axborot siyosati bo‘limiga ko‘ra, O‘zgan tumanida 1039 oila jabrlangan deb topilgan. Ularga Kizil Oktyabr, Karool va To‘rtko‘l ovullarining Intimoq uchastkasida 587 ta yer uchastkasi ajratilgan. Ana Qizilda yana 118 yer ajratilgan. Bu yerlarda 3 ta maktab, bolalar bog‘chasi va boshqa inshootlar barpo etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025