Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: KXDR yangi yadro sinoviga tayyorgarlik ko‘rayotgani xabar qilindi
Shimoliy Koreya hukumati navbatdagi yadro sinovini o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Bu haqda CNN Janubiy Koreya razvedkasi ma'lumotlariga asosan yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati yopiq eshiklar ortidagi uchrashuv davomida janubiy koreyalik amaldorlarga Pxenyan Pungeri poligonida yangi sinovni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida belgilar aniqlanganini xabar qilgan.
Janubiy koreyalik deputat Kim Bayung-Kining so‘zlariga ko‘ra, KXDR «Pungeri poligonining 2- va 3-tunnellarida yadro sinovini o‘tkazishga tayyorgarlikni yakuniga yetkazgan».
Shuningdek, shimoliy koreyalik amaldorlarning telekanalga ma'lum qilishicha, AQShga Seul bilan qo‘shma mashqlar uchun jazo tayyorlab qo‘yilgan.
Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti KXDR tufayli qurolli kuchlarga yangi topshiriq bergani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025