Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Islom Karimovga qurilgan maqbara 2 sentabr kuni ochiladi
Samarqandda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qabri ustidagi memorial majmua 2 sentabr kuni ochiladi. Bu haqda Lola Karimova-Tillyayevaning Facebook’dagi sahifasida e'lon qildi.
"Markaziy Osiyo arxitekturasining eng yaxshi elementlari va an'analarini o‘zida mujassam etgan maqbara 2 sentabr kuni ochiladi", - deyiladi Karimova-Tillyayevaning Samarqanddagi xalqaro anjumanda so‘zlagan ma'ruzasi matnida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, memorial majmuani qurish bo‘yicha bajarilgan barcha ish YuNeSKO va yodgorliklar hamda diqqatga sazovor joylarni qo‘riqlash masalalari bo‘yicha Xalqaro kengashning mezonlari hamda tavsiyalariga qat'iy muvofiq holda amalga oshirilgan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshlagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025