Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aripov Qirg‘izistonning yangi bosh vazirini tabrikladi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Sapar Isoqovni Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar bergan.
O‘zbekiston hukumati rahbarining ta'kidlashicha, O‘zbekistonda Sapar Isoqovni ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini har tomonlama rivojlantirish hamda chuqurlashtirishning faol tarafdori sifatida bilishadi.
Abdulla Aripovning ishonch bildirishicha, Sapar Isoqovning Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimidagi faoliyati O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini o‘zaro hurmat va ikki mamlakat xalqlarining farovonligi uchun o‘zaro manfaatlarni hisobga olgan holda yanada kuchaytirishga turtki beradi.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025