Sport | 22:10 / 29.08.2017
6448
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mbappe «PSJ»ga o‘tayotganini tasdiqladi

Foto: Reuters

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe «PSJ»ga o‘tayotganini tasdiqladi.

«U boshqa klubga o‘tmoqda, ammo ligada qolmoqda. Uning qarori to‘g‘riligini vaqt ko‘rsatadi», — deya Deshamning so‘zlarini keltirgan Goal.com.

Bundan oldinroq «PSJ» «Monako» bilan Mbappeni 180 mln yevroga transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar berilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid