Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDRning raketa uchirishi Yaponiyadagi poyezdlar harakatini vaqtincha to‘xtatdi
Yaponiyadagi "Shinkansen" tezyurar poyezdlarining mamlakat shimoli va shimoli-sharqidagi harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bunga Shimoliy Koreyaning ballistik raketa uchirgani sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda JR temir yo‘l kompaniyasi. Harakatlanish xavfsizlik tizimlari tekshirilganidan so‘ng qayta boshlangan.
Shu bilan bir vaqtda, Yaponiyaning asosiy All Nippon Airways va Japan Airlines aviatashuvchilarining ma'lum qilishicha, raketa uchirilishi aviaparvozlarga ta'sir ko‘rsatmagan.
Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suganing aytishicha, KXDR raketasi Hokkaydo orolining Erimo burnidan 1,18 ming km uzoqlikdagi sharq tomon Tinch okeaniga qulagan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025