O‘zbekiston | 22:30 / 29.08.2017
85741
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident matbuot xizmati rahbari ishdan olindi

Asadjon Xo‘jayev O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati rahbari lavozimidan ozod etildi. Bu ma'lumot Kun.uz manbalari tomonidan tasdiqlandi.

Xo‘jayev shu yilning mart oyidan buyon prezident matbuot kotibi sifatida ishlab kelayotgandi.

Biroz oldinroq O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi Bobur Alixonov lavozimidan ozod qilingani ma'lum bo‘lgandi.

Manbalarning bildirishicha, bu iste'folar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ikki rahbar ham Samarqand shahrida boshlangan «Sharq taronalari» festivali yoritilishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tufayli ishdan ketdi.

Mavzuga oid