Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» Sanches uchun «Manchester Siti» yulduzini talab etmoqda
Sky Sports va «Manchester Yunayted» manbalarining xabarlariga qaraganda, Aleksis Sanches seriali kutilmagan burilishlari bilan davom etmoqda.
Birinchidan, «Manchester Yunayted» futbolchi uchun kurashdan chiqdi, demoqda klub bilan bog‘liq manbalar. Sababi, Aleksis Sanches faqat «Manchester Siti»ga o‘tishni istamoqda va bu haqida xabar topgan «MYu» vakillari kurashdan chiqishgan.
Sanchesni APL klubiga sotishni istamayotgan «Arsenal» esa, yakunda bunga majbur bo‘lishi mumkin. Chililik hujumchiga da'vogar sanalgan «Bavariya» jim bo‘lib ketdi, «PSJ» esa, Mbappeni tanladi.
Shunday bo‘lsa-da, londonliklar «Manchester Siti» taklif qilayotgan Rahim Sterlingga qiziqish bildirmayaptilar. Sky Sports ma'lumotiga qaraganda, «Arsenal» Sanchesning transferiga Serxio Agueroni ham qo‘shishni istamoqda.
Serxio Aguero «Manchester Siti»ning so‘nggi o‘yinida zaxirada qoldirilgach, u jamoani tark etishi mumkinligi haqida taxminlar paydo bo‘lgandi.
«Manchester Siti» o‘z yulduzini Aleksis Sanchesga almashmoqchi
Mavzuga oid
10:12 / 21.05.2025
«Siti» KDB bilan xayrlashdi va YeChLga yaqinlashdi
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
02:17 / 08.05.2025