Fan-texnika | 23:27 / 30.08.2017
66859
2 daqiqa o‘qiladi

Chevrolet Spark negizida qurilgan yangi modelini taqdim qildi

Foto: kolesa.ru

Keyingi avloddagi Beat/Spark xetchbegi negizida qurilgan subkompakt Beat Sedan sedani namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Chevrolet kompaniyasi ushbu sedanning ilk varianti Essentia kontseptini o‘tgan yil fevralida namoyish qilgandi. Prototip namoyishi Hindistonda bo‘lib o‘tgan va aynan shu davlat mashina uchun asosiy bozor bo‘lishi taxmin qilingan.

Foto: kolesa.ru
Foto: kolesa.ru

Biroq 2017 yil may oyida General Motors kompaniyasi Chevrolet’ning Hindistondan ketishini e'lon qildi. Kompaniyaning u yerdagi zavodlaridan biri yopilgan, biri ishlamoqda. GM’ning yangi strategiyasiga ko‘ra, korxona endi Lotin Amerikasi davlatlari uchun avtomobillar ishlab chiqarmoqda. Hindistondagi zavodda modernizatsiyalangan Beat xetchi (ba'zi davlatlarda Spark) va uning negizida qurilgan sedan ishlab chiqarilmoqda.

Foto: kolesa.ru Chevrolet Beat Sedan intereri

Sedanni birinchilardan bo‘lib meksikaliklar oladilar, mashina Meksikada yaqin orada sotuvga chiqadi. Beat esa Meksikada iyundan beri sotilmoqda. Beat Sedan oldi qismi va saloni dizayni to‘liq Beat’ni qaytaradi, yukxona sig‘imi 385 litrga teng (Beat’da esa 170 litr). Yangi mashina xetchbekdan shuningdek 1,2 litrli, 81 ot kuchiga ega benzinli dvigatel olgan.   

Mashinada 7 dyuymli sensor ekranga ega multimedia tizimi, konditsioner, ikkita xavfsizlik yostiqchasi, ABS o‘rnatilgan.

Foto: kolesa.ru
Foto: kolesa.ru
Foto: kolesa.ru

Chevrolet Beat Sedan’ning narxi hozircha e'lon qilinmagan. Xetchbek esa Meksikada 152900 peso (8 ming dollardan ko‘proq) turadi.

Mavzuga oid