Jahon | 17:56 / 30.08.2017
9374
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda Rossiyaning Birinchi kanali jurnalisti o‘g‘irlab ketildi

Foto: 1tv.ru

Rossiyaning Birinchi kanali jurnalisti Anna Kurbatova Ukraina poytaxti Kiyev shahrida noma'lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda RIA «Novosti» telekanal matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

«[Ma'lumotni] tasdiqlaymiz», - deya xabar berishgan telekanaldan.

Kurbatovaning o‘g‘irlab ketilgani haqida birinchi bo‘lib «Rossiya 24» telekanali xabar berdi.

«Bugun Kiyevda bizning hamkasbimiz, Birinchi kanal jurnalisti Anna Kurbatova o‘g‘irlab ketildi. Xabar qilinishicha, uni noma'lum tomonga qarab olib ketishgan», - deya telekanal boshlovchisining so‘zlarini keltiradi «Interfaks».

Shuningdek, xabar qilinishicha, jurnalistga bundan avval bir necha marotaba tahdid qilishgan. 

Mavzuga oid