Jahon | 19:31 / 30.08.2017
8071
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda o‘g‘irlab ketilgani aytilgan Birinchi kanal jurnalisti Ukrainadan chiqarib yuboriladi

Foto: 1tv.ru

Rossiyaning Birinchi kanali jurnalisti Anna Kurbatova Rossiyaga majburan qaytariladi. Bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmatining rasmiy vakili Yelena Gitlyanskaya feysbukda xabar bergan.

«Rossiyalik targ‘ibotchi Anna Kurbatova Rossiyaga majburan qaytarib yuboriladi. Ukraina huquqiy davlat bo‘lib, uning huquqni muhofaza qilish idoralari faqatgina amaldagi qonunchilik doirasida harakat qiladi», - deya yozgan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Kurbatovani mamlakatdan rasman chiqarib yuborish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Avvalroq rus OAV Kiyevda Rossiyaning Birinchi kanali jurnalisti o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid