Jamiyat | 13:52 / 30.08.2017
12748
2 daqiqa o‘qiladi

Organizmda B vitaminining dozasi oshib ketishi xavfli ekani ma'lum bo‘ldi

Foto: liport.ru

Ohayo shtati universiteti olimlari B vitamini dozasining oshib ketishi organzimga salbiy ta'sir ko‘rsatishini aniqlashdi. "Ortodoks"da ma'lum qilinishicha, bu turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Tibbiyot xodimlari bu borada qator tadqiqot va testlar o‘tkazishdi. Ularning natijasiga ko‘ra, vitaminlarning yetishmasligi inson salomatligiga qanday ta'sir ko‘rsatsa, ularning dozasi oshib ketishi ham shunday ta'sirga ega bo‘lishi mumkin ekan. Mutaxassislar, shuningdek, B vitaminining dozasi oshirib yuborilishi sog‘liq uchun juda xavfli ekanini aniqlashdi. Testlarning ko‘rsatishicha, B vitaminining me'yordan ortiq iste'moli onkologiyaning rivojlanish xavfini oshirar ekan.

Ta'kidlash joizki, B vitamini va uning barcha birikmalari ko‘pincha asab tizimi kasalliklariga qarshi kurashda qo‘llaniladi. Shuningdek, ular organizmda moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi, kaloriyali oziq-ovqat mahsulotlarini energiyadan xalos qilishda yordam beradi. 

Mavzuga oid