Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli tumanida qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi
Sergeli IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Sergeli tumanida 28 avgust kuni soat 22.30 da, 1975 yilda tug‘ilgan, Quruvchilar dahasi 12-71-uyda ro‘yxatda turuvchi, vaqtincha Sergeli 3-25-uyda yashovchi N. D. o‘z uyida, 170.000 so‘m pul evaziga, 1991 yilda tug‘ilgan, Sergeli 4-17-uyda yashovchi R.F. va 1995 y.t., M.Ulug‘bek tumani, Maysara ko‘chasida yashovchi N.M.larga jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ushlandi.
Daliliy ashyo sifatida 170.000 so‘m pul olindi.
Sergeli tuman IIB tomonidan fuqaro N.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025