Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«U mening g‘azabimni keltirmoqda». «Arsenal»ning sobiq futbolchisi O‘zilni jamoadan haydash istagida
«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Emmanuel Peti «kanonirlar» jamoasi muammolari haqida gapira turib, Mesut O‘zilni tanqid qildi.
«U vaqtida yaxshi o‘ynardi. Ha, O‘zil hali ham jamoaga yordam berishi mumkin, ammo men u yana avvalgi formasiga qayta oladi, deya olmayman. Mavsum boshlanib ketdi? Uning statistikasiga qarang. (3 o‘yin, bitta ham gol va golli uzatma yo‘q – tahr).
Hammasidan ham ko‘ra, meni uning futbolga munosabati xafa qiladi. Uning maydonda mas'uliyatsizlik qilishidan g‘azablanaman. O‘zil jamoadoshlariga yordam bermaydi. Venger nega uni haligacha jamoada ushlab turganini tushunmayman. Agar men murabbiy bo‘lganimda shunday derdim: «Mesut, ketasanmi? Ana eshik, uni tashqaridan yopib ket!». Ammo Venger bo‘lganimda, aytardim: «Yo‘qol!», – degan Peti.
Fransiyalik sobiq futbolchi poytaxtliklar klubiga «Lester»dan Riyoz Mahrezni olishni tavsiya qilgan.
«U Angliya chempionatini juda yaxshi biladi. Mahrez – premer-ligadagi eng yaxshi futbolchilardan biridir. O‘ylaymanki, Riyoz «Arsenal» o‘yin uslubiga osongina moslashadi va o‘ng qanotdagi muammolarni yopadi.
Himoya haqida qayg‘urishni bas qilish kerak. Menimcha to‘pni o‘z darvozangdan uzoqda tutishing gol o‘tkazmaslikni ta'minlaydi. To‘p bilan yaxshi muomala qiladigan, uni jamoada saqlay oladigan futbolchilarni topish kerak.
Men murabbiy bo‘lganimda, jamoamda driblerlarni – o‘z harakatlari bilan raqibni uyaltira oladigan futbolchilarni o‘ynatgan bo‘lardim. Tezkor va aqllisini. «Arsenal»da bunday futbolchi faqat bitta, bu esa Aleksis Sanches. Albatta, jamoada tezkor futbolchilar ko‘p, ammo ularning texnikasi yaxshi emas», – deya fransiyalik sobiq futbolchi so‘zlarini keltirgan ESPN FC.
Mavzuga oid
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
12:27 / 04.05.2025