Sport | 11:49 / 31.08.2017
15057
1 daqiqa o‘qiladi

Yashirin transfer. Mahrez bugun «Barselona»ga o‘tadi

Jazoir Futbol Federatsiyasi rasmiy saytida «Lester» yarim himoyachisi Riyoz Mahrez terma jamoa qarorgohini tark etishga ruxsat olgani haqida xabar berildi. U Yevropaga qaytgan va 31 avgust kuni yangi klubi safiga o‘tadi.

AS nashri xabariga ko‘ra, Mahrez «Barselona»ga o‘tadi. Uning transferi qiymati 50 mln yevroni tashkil qiladi.

Shu bilan bir vaqtda Fransiyadagi L'Équipe nashri, 26 yoshli bu futbolchiga «Chelsi» va «Tottenhem» asosiy da'vogarlar ekanini yozmoqda.

«Lester» safida Mahrez 2014 yildan buyon to‘p surmoqda. U bu jamoa safida jami 141 o‘yin o‘tkazgan va 35 gol urib, 27 golga uzatma bergan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid