Sport | 19:48 / 31.08.2017
25840
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 saralashi. Eron quruq seriyani davom ettirdi, Suriyada yo‘llanma uchun qulay imkoniyat paydo bo‘ldi

Foto: OFK

JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 9-turidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Janubiy Koreya termasi o‘z maydonida Eronni qabul qilib, bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynasada, 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bu natijadan keyin janubiy koreyaliklar ochkolari sonini 14taga yetkazgan va ikkinchi o‘ringa mustahkam joylashgan. Eron esa gol o‘tkazmaslik bo‘yicha eng uzoq seriyani qayd etmoqda, Keyrush shogirdlari xalqaro maydonda 1108 daqiqa vaqt davomida gol o‘tkazmay kelmoqda.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida Qatar Suriya bilan safar o‘yinini o‘tkazdi va 1:3 hisobida yengildi. Bu g‘alabadan keyin suriyaliklar 12 ochko bilan uchinchi o‘ringa ko‘tarildi va mundial yo‘llanmasi uchun yaxshi imkoniyat hosil qildi.

JCh–2018 saralashi, 9-tur
31 avgust, payshanba

Janubiy Koreya – Eron 0:0
Suriya – Qatar 3:1

“A” guruhi saralash bosqichining so‘nggi bosqichida quyidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
JCh–2018 saralashi, 10-tur
5 sentabr, seshanba

20:00  Eron – Suriya
20:00  Qatar – Xitoy 
20:00  O‘ZBeKISTON – Janubiy Koreya

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid