Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks, JCh–2017: Oltin medallar sari kurash davom etadi - Jasurbek Latipov uchinchi finalchimiz
Germaniyaning Hamburg shahrida o‘tayotgan AIBA shafeligi ostidagi har ikki yilda bir marta tashkillashtiriladigan boks bo‘yicha jahon chempionatining yarimfinal uchrashuvlari ikkinchi kuni boshlandi.
52 kg.gacha bo‘lgan yarimfinal janglarida hamyurtimiz Jasurbek Latipov janubiy koreyalik Kim In-Kyuga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.



Narigi yarimfinal juftligida kubalik Yosvani Veitia rossiyalik Tamir Galanovni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi.

Demak, 2 sentabr kuni Jasurbek Latipov – Yosvani Veitia ishtirokidagi final jangiga guvoh bo‘lamiz.
Bugun bizni hamyurtlarimiz ishtirokida yana ikki yarimfinal jangi kutib turibdi:
69 kg. Yarimfinal. 1 sentabr. 22:00
Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Ablayxan Jussupov (Qozog‘iston)
Narigi juftlik:
Abbas Barau (Germaniya) - Roinel Iglesias (Kuba)
81 kg. Yarimfinal. 1 sentabr. 22:45
Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Joi Uord (Irlandiya)
Narigi juftlik:
Xulio Sezar La Kruz (Kuba) - Karlos Andres Mina (Ekvador)
Mavzuga oid
23:27 / 23.05.2025
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025