Sport | 22:30 / 03.09.2017
10329
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Klyuyvertning kichik o‘g‘li «Barselona»dagi ilk o‘yinidan gol urishni boshladi

Niderlandiyalik sobiq futbolchi Patrik Klyuyvertning 9 yoshli o‘g‘li «Barselona» bolalar jamoasida debyut o‘yinini o‘tkazdi va ilk o‘yindanoq gol urishni boshladi. Bu haqda Patrikning o‘zi Instagram sahifasida xabar bergan.

Shu yil iyulida Sheyn Klyuyvert sport atributlari brendi bilan shartnoma imzolagan eng yosh futbolchiga aylangandi.

9 yoshli futbolchi avgust oyida PSJ safidan «Barselona»ga o‘tdi.

Patrik Klyuyvert futbolchilik faoliyati davomida «Ayaks», «Milan» va «Barselona» klublari safida o‘ynagan, shu yil yoziga qadar «PSJ»da sport direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid