Sport | 16:30 / 05.08.2018
6701
1 daqiqa o‘qiladi

Klarens Zeyedorf Kamerun terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi. Unga yana bir mashhur futbolchi yordamchilik qiladi

Niderlandiyalik mutaxassis Klarens Zeyedorf Kamerun terma jamoasini boshqaradi.

Unga yana bir niderlandiyalik sobiq futbolchi Patrik Klyuyvert yordamchilik qiladi.

Hozircha kelishuvning moliyaviy jihatlari oshkor etilmagan.

Ayni vaqtda 42 yoshda bo‘lgan Zeyedorf murabbiylik faoliyati davomida «Milan», «Shenchjen» va «Deportivo» klublarida ishladi. Ammo u bu klublardan birontasida 6 oydan ortiq vaqt qolgani yo‘q.

Kamerun terma jamoasi boshqaruvida Zeyedorf Ugo Brosni almashtirdi, ushbu mutaxassis terma jamoa bilan Afrika Millatlar Kubogida g‘alaba qozongandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid