O‘zbekiston | 15:15 / 03.09.2017
49168
3 daqiqa o‘qiladi

Zafar Hoshimov: «Erkin valyuta kursida ayrim iste'mol mahsulotlari narxi tusha boshlaydi»

«Korzinka.uz» supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov telegramdagi kanalida valyuta bozorining erkinlashtirilishiga oid o‘z fikrlarini bayon qildi.

Valyuta bozorini erkinlashtirish nima va bu milliy valyuta rasmiy kursining dollarga nisbatan devalvatsiyasidan so‘ng import iste'mol tovarlarining narxi oshadimi, deb mendan tez-tez so‘rashadi.

Mening javobim: yo‘q.

Gap shundaki, iste'mol tovarlarining importi anchadan buyon rasmiy konvertatsiya bilan moliyalanmayotgan edi va ularning narxi parallel (qora) bozor kursida shakllantirilayotgan edi. Bundan tashqari, bu importni amalga oshirayotgan korxonalar turli komission to‘lovlar va birja kursi tufayli bozor kursidan ham ortiqroq to‘lashga majbur edilar. Bu holatda ma'lum bir tuzilma va shaffoflik yo‘qligi tufayli hamma ham bunday operatsiyalardan foydalana olmasdi. Bunday savdo korxornalarining rahbarlari savdo operatsiyalarini takomillashtirish va narxlarni pasaytirish o‘rniga, importni moliyalashtirish uchun valyuta manbalarini topish uchun ko‘p resurs va vaqt sarflardi.

Endi barcha tadbirkorlik sub'yektlariga o‘z banklaridan bozor sharoitlarida valyuta xarid qilish uchun teng sharoitlar yaratilgach, bozorda qatnashuvchilar soni ortadi, raqobat oshadi, bu operatsiyalar uchun samarador kurs ruxsatning yengillashtirilgani va shaffoflik tufayli hattoki biroz tushadi ham.

Prezidentning valyuta bozorini liberallashtirish haqidagi farmonida muhim iste'mol tovarlarining narxlari barqarorligini ta'minlash bo‘yicha alohida bandlar kiritilgan. Bu davlatimizning aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarining barqaror narxlarini ta'minlash tashvishi va salbiy oqibatlarni bartaraf etish bilan tushuntiriladi.

Lekin men aminmanki, ushbu farmon sharofati bilan yuzaga keladigan teng sharoitlarda import qilinadigan iste'mol tovarlarining narxi yaqin uch oy-yarim yilda pastga tusha boshlaydi.

P.S. Farmonda bojxona bojlari va to‘lovlarining mushtaraklashishi haqida ham so‘z boradi. Bu juda muhim hol, chunki Markaziy bank kursi devalvatsiya qilinganida o‘z-o‘zidan bojlarning miqdori keskin ortadi. Yaqinda qabul qilingan hukumat qaroriga ko‘ra, ana shunday oshishning oldini olish maqsadida import bilan yurtimizga kirib keladigan bir qator mahsulotlar — un, go‘sht, o‘simlik yog‘i, yormalar kabi tovarlarning bojxona bojlari va aksizlari olib tashlandi yoki pasaytirildi.

Biroq biz hanuzgacha ko‘plab boshqa iste'mol tovarlarining importiga bog‘liqmiz, agar boj va to‘lovlar hisoblanayotganida ularning miqdori ikki barobar oshadigan bo‘lsa, bu narxlarga o‘z ta'sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.

Mavzuga oid