Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: Qirg‘izistonda marhumlarni dafn qila olmaydigan qishloqlar bor
Qirg‘izistonda shunday qishloqlar borki, u yerda biror kishi vafot etib qolsa, uni dafn etishga odam topilmaydi. Chunki u yerlarda faqat qariyalar va yosh bolalar istiqomat qilishadi. Bu haqda «Qirg‘iz respublikasida qariyalar» nomli tadqiqotda so‘z yuritilgan, deb yozmoqda 24.kg axborot agentligi.
Qayd etilishicha, ayrim qishloqlarda keksalar va yosh bolalar yashaydi. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, bu qariyalar bilan bir qatorda bolalar uchun ham yaxshi emas. Bunday bolalar kerakli ta'lim-tarbiya ololmaydi.
Tadqiqot natijasiga ko‘ra, 75 yoshdan katta bo‘lgan har to‘rtinchi qariya haftada 5 kun nevaralariga qarash bilan ovora. Keksa kishilarning ko‘pchiligi haftada bir necha marta o‘zlari bilan birga yashamaydigan nevaralarining holidan xabar olishga majbur.
«50-54 yoshdagilar uydagi ko‘plab ishlarni bajarishadi, kommunal xizmatlarni to‘lashadi, oziq-ovqat mahsulotlari xarid qiladi va faol dam olishadi. 80 yoshdan kattalar xo‘jalikdagi turli vazifalarning chorak qismigacha ado qilishadi», — deyiladi hisobotda.
Tadqiqot 4 ming uy xo‘jaligida o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025