Jahon | 09:50 / 04.09.2017
4296
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya ekologlari THAAD RQM tizimlarini joylashga rozilik berdi

Foto: AP

Koreya atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi mamlakatda Amerikaning THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirishga rozilik bildirdi. Bu haqda Yonxap agentligi xabar qilmoqda

"Vazirlik ma'lum bir shartlarga rioya qilingan holda THAAD uskunalarini joylashtirishga rozilik berdi", - deyiladi xabarda. 

RQM tizimlarining bir qismi shu yilning bahorida J.Koreyaga keltirilgan edi. Biroq keyinroq to‘liq ekologik tahlil o‘tkazilmagani ma'lum bo‘ldi. Shu sababli ushbu qurollarni joylashtirish jarayoni muzlatildi.

Quruqlikda joylashtiriladigan THAAD tizimlari ballistik raketalarning kallaklarini so‘nggi bosqichda urib tushirishga mo‘ljallangan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid