Jamiyat | 19:19 / 05.09.2017
21410
4 daqiqa o‘qiladi

Chirchiq davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yili boshlandi

Bugungi kunda Toshkent viloyati xalq ta'limi tizimida jami 1348ta ta'lim muassasalari, jumladan 406ta maktabgacha ta'lim muassasalari, 871ta umumiy o‘rta ta'lim maktablari, 2ta Mehribonlik uylari, 31ta bolalar musiqa va san'at maktablari, 19ta “Barkamol avlod” markazlari, 19ta bolalar va o‘smirlar sport maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Qabul qilingan davlat dasturlari doirasida mazkur ta'lim muassasalarining samaradorligini oshirish, ularni moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent viloyati maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining tarbiyachilari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, ayniqsa aniq fanlar va chet tillari bo‘yicha o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, tumanlar va qishloq joylaridagi ta'lim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash hamda xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma'lumotli pedagog kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish va ta'lim sifatini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklarining takliflariga muvofiq 2017 yilning 27 iyul sanasida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi. 

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining 2017-2018 o‘quv yili uchun qabul kvotalari bo‘yicha joriy o‘quv yilida institutga 21ta ta'lim yo‘nalishiga qabul qilingan 750 nafar talabaga ta'lim-tarbiya berish uchun malakali professor-o‘qituvchilar jalb qilindi.

Bugun Chirchiq davlat pedagogika institutida o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan manaviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut o‘qituvchilari, hodimlar, talabalar bilan birga Toshkent viloyatidagi ta'lim muassasalari, jamoat birlashmalari, ishlab chiqarish korxonasidan vakillar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda talim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarning ilm olishi uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, ayniqsa mazkur institutning ochilishi Toshkent viloyati xalq ta'limi tizimida pedagog kadrlarni tayyorlash sohasidagi ehtiyojni qondirishga hamda yoshlarni ma'naviy dunyoqarashi va ma'rifiy tafakkurini yanada yuksaltirish bilan bog‘liq ishlarni maqsadli tashkil etishga xizmat qiladigan nufuzli oliy ta'lim dargohi bo‘lishini ta'kidlab o‘tishdi.

Tadbirda institut rektori professor G‘ofirjon Muhamedov maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari uchun yuqori malakali o‘qituvchilarni talab darajasida sifatli tayyorlash, ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish yo‘lida tashkil etilgan ushbu oliy ta'lim dargohining ilk talabalarini o‘qishlarida omad tiladi. 

Tadbirda ishtirok etgan mahalliy hokimiyat organlari, jamoat birlashmalari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari Chirchiq davlat pedagogika institutini ilg‘or oliy talim muassasasiga aylantirish ishida yaqin hamkor bo‘lishini bildirishdi. 

Tadbir yakunlangach, talabalar guruh murabbiylari rahbarligida o‘quv mashg‘ulotlarini boshlashdi.

Institut Axborot xizmati

Mavzuga oid