O‘zbekiston | 09:53 / 05.09.2017
45711
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonini tayinladi

Pavel Ergashev Mudofaa vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi - Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident rasmiy sayti xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 sentabrdagi PQ-3251-son qaroriga muvofiq Pavel Ismailovich Ergashev Mudofaa vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi - Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi”, - deyiladi xabarda.

Kecha Qobul Berdiyev Mudofaa vazirligidan ketgani, bu vazirlikni sobiq Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov boshqarishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid