Sport | 14:56 / 05.09.2017
3975
1 daqiqa o‘qiladi

Simeone «Atletiko» bilan yangi shartnoma imzoladi

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone klub bilan yana ikki yillik shartnoma imzoladi. Bu haqida Madrid klubining rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Argentinalik mutaxassis 2020 yilgacha endi «Atletiko»da bosh murabbiy sifatida ishini davom ettiradi. 

Diyego Simeone klubga 2011 yilning yozida tashrif buyurgandi. O‘tgan vaqt mobaynida u «Atletiko» bilan birgalikda Ispaniya chempionligini va kubogini, Ispaniya superkubogini, Yevropa ligasi va Yevropa superkubogini yutdi. Jamoa ikki marta Chempionlar Ligasi finalida o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. 

So‘nggi paytlarda Diyego Simeonening «Inter»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Mavzuga oid