Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston havo yo‘llari» ham aviachiptalarni so‘mda sotishni boshladi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK 2017 yilning 5 sentabridan boshlab yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasidan barcha yo‘nalishlardagi o‘z reyslariga aviachiptalarni milliy valyutada sotishni boshladi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida aviachiptalarni sotish yo‘lovchilarning barcha toifalariga (O‘zR rezidentlari va norezidentlari) milliy valyutada amalga oshiriladi.
Batafsil ma'lumot olish uchun “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning aviachiptalar sotish bo‘yicha rasmiy ofislariga murojaat qilish yoki 140-02-00 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.
Avvalroq GM Uzbekistan avtomobillari narxini so‘mga o‘tkazgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
21:15 / 01.05.2025
Mahalliy aviareyslarda chiptalar oxirgi uch oyda 1,7 barobarga qimmatladi
18:12 / 28.03.2025
Prezident Uzbekistan Airways’ga chiptalar narxi oshishi oldini olish bo‘yicha topshiriq berdi
17:03 / 20.01.2025