Jahon | 07:45 / 05.09.2017
5625
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya harbiy floti Shimoliy Koreya ig‘volariga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazdi


Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari Shimoliy Koreya ig‘volariga qat'iy qarshi turishini namoyish qilish maqsadida Yapon dengizida katta ko‘lamli mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Manyovrlarda turli kemalar, jumladan “Ganvon” turidagi fregat, patrul va tezyurar kemalar ishtirok etdi.

“Bu gal mashg‘ulotlar raqibning harbiy ig‘volariga qarshi qo‘shinlarimizning darhol javob berishini yaxshilashga qaratilgan. Agar dushman bizga qarshi suv sirti yoki ostida ig‘vogar harakatlarni amalga oshirsa, biz darhol javob zarbasi beramiz va uni dengizda ko‘mib tashlaymiz”, deb aytgan Janubiy Koreya HDK vakili.  

Shu bilan birga Janubiy Koreya HDK 6 sentabrda mamlakatning janubiy akvatoriyasida 4 kunlik mashg‘ulotlar boshlamoqchi. Unda o‘ndan ko‘proq kema, suv osti kemasi hamda aviatsiya ishtirok etadi.

Avvalroq Janubiy Koreya qurolli kuchlari Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlariga javoban ballistik raketa qo‘llagan holda mashg‘ulotlar o‘tkazgan. 

Bundan tashqari, Seul Pxenyan yangi raketa sinovlariga tayyorlanayotgani alomatlarini qayd qilgan.

Mavzuga oid