Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arzon uy topib berishni va'da qilib, 6 ming dollarga chuv tushirgan shaxs ushlandi
Yunusobod tumanida Yunusobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan “arzon narxda uy topib beraman” deb, 6.000 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan shaxs qo‘lga olindi.
Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Yunusobod tumanida 2016 yil 29 avgust kuni 12.00da, 1954 yilda tug‘ilgan, «Birlik» va «Sagdiana servis» XUJMSh rahbari, Yunusobod 4-66-uyda yashovchi Z.S., Yunusobod 4-daha 78-uy yerto‘lasida, 1972 yilda tug‘ilgan, "Merkurmi netvors" MChJ muhandisi, Chilonzor Ye-5-uyda yashovchi S.O.ga «Sizga arzon narxda uy topib beraman» deb va'da qilib, 6.000 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlanib, ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar Z.S.ga nisbatan Yunusobod tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
07:30 / 21.04.2025