Jahon | 08:53 / 06.09.2017
20708
1 daqiqa o‘qiladi

Myanma Bangladesh bilan chegaralarida mina joylamoqda

Myanma armiyasi Bangladesh bilan chegara hududlarida minalar joylashtirmoqda, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi Bangladesh hukumatidagi manbalariga tayangan holda. 

«Bizning kuchlar sim to‘r yaqinida ishlayotgan 3-4 ta guruhni ko‘rgan. Ular yerga nimalarnidir joylashtirayotgan edi», — degan manbalardan biri.

Agentlikning qayd etishicha, keyinroq manbalar chegaralarga minalar o‘rnatilayotganini tasdiqlashgan. 

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, rohingya musulmonlarining Myanmaga qaytishlariga to‘sqinlik qilish maqsadida minalar joylanayotgan bo‘lishi ehtimol. 

Avvalroq, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Myanma hukumatini rohiingyalarga huquqiy maqom va fuqarolik taqdim etishga chaqirgan edi

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid