Jahon | 12:52 / 06.09.2017
6029
2 daqiqa o‘qiladi

Mars​ korporatsiyasi fikri AQSh hukumati munosabatidan farqli bo‘lmoqda

Foto: Reuters

Mashhur qandolat ishlab chiqaruvchi Mars Inc. rahbariyati Parij iqlim o‘zgarishi kelishuvi doirasida ta'kidlangan maqsadlarga erishish maqsadida mahsulotlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish bosqichlarida tabiatga ajralib chiqadigan zaharli gaz emissiyasini kamaytirmoqchiligini e'lon qildi.

Mars ayni kunlarda AQShda iqlim siyosatida hukumatning fikriga qo‘shilmay turgan Apple va Walmart Stores kabi yirik korporatsiyalarning biri hisoblanadi. Kompaniya 2050 yilga qadar bosqich xizmatlarining ortida paydo bo‘layotgan zaharli gazlarning 67 foizgacha bartaraf etishni maqsad qilib qo‘ygan.

Shuningdek, kompaniya dunyo xalqlari boshdan kechirayotgan ocharchilikni oldini olish maqsadida mahsulot tayyorlashda ishlatiladigan donli ekinlar, guruch, kakao va yalpizdan qisman voz kechishini ma'lum qildi.

So‘nggi Parij iqlim kelishuvi sammitida insoniyat kakao, palma yog‘i va baliqni ehtiyotsizlik bilan iste'mol qilayotgani ta'kidlangan edi. Shuningdek, joriy yilning iyun oyida AQSh prezidenti Donald Tramp kelishuvdan chiqib ketishini aytgan.

Mavzuga oid