Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MXX qo‘shni davlatga 810 ming dollar bilan chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi
«O‘zbekiston chegarachilari Qirg‘iziston bilan chegarada xorijiy valyutaning yirik partiyasini kontrabanda yo‘li bilan olib chiqishga uringan shaxsni qo‘lga olishdi», - deya xabar berdi MXX Davlat chegaralarini qo‘riqlash bo‘yicha Qo‘mitasi vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 29 avgust kuni Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi Xonqo‘rg‘on chegaraga yaqin aholi punktida chegarani noqonuniy ravishda kesib o‘tib, Qirg‘iziston hududiga o‘tishga uringan shaxsni qo‘lga olishdi.
Qo‘lga olingan shaxs 47 yoshli mahalliy fuqaro N.Temirov bo‘lib chiqdi. Uning yonidagi sumkadan 810 ming AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ topilgan.
O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Tergov doirasida N.Temirovning sheriklarini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025