Mirziyoyev: O‘zbekiston Qambar ota GESni Qirg‘iziston bilan birga quradi

Foto: KirTAG
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev 5 sentabr kuni «Davlat chegaralari to‘g‘risida»gi hujjatni imzolagani haqida xabar berilgan edi. Atamboyevning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek-qirg‘iz chegarasining 85 foizi aniqlab bo‘lingan.
«Davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnoma – siyosiy iroda va kelishuvdir. Kelishish mumkin ekan-ku. Biz tarixni tiklayapmiz. Aytmatov bekorga bu haqda gapirmagan. Tarix tiklangani bilan sizni ham, o‘zimni ham tabriklayman. Ayrim qaltis masalalar yuzasidan Almazbek Sharshenovich bilan kelishib oldik. Shu sababli, ularda hal qilinadigan narsa qolmadi. Biz mazkur uchrashuvga muhim ahamiyat beramiz. Hozir odamlar: «Nahotki, biz avvallari bo‘lgani kabi Andijon va O‘shga borib-kelamiz?», deb savol bermoqda. O‘zim uchun aytsam, men buni juda xohlayman. Biz odamlar uchrashishlari va savdo qilishlari uchun barcha narsani qilishga tayyormiz. Asosiysi, xalaqit qilmaslik. Imkonimiz bo‘lsa yordam beraylik, ammo xalaqit qilmasligimiz kerak», - degan Shavkat Mirziyoyev 5 sentabr kungi kengaytirilgan majlisda.
«Bu, birinchi navbatda, doimo do‘stim va birodarim deb ataydigan Shavkat Miromonovichning ulkan xizmatidir, - deya izoh bergan Almazbek Atamboyev. – Biz qachonlardir yagona davlat - Qo‘qon xonligi edik. 1991 yilgacha chegaralar bo‘lmagan. Ammo keyin bu katta muammoga aylandi va hatto Farg‘ona vodiysi uchun fojia bo‘ldi. Albatta, juda ko‘plab muammolar bo‘ldi, ba'zilari sun'iy, ayrimlari tashqi kuchlar tomonidan uyushtirildi. Biroq hammasini hal qilish mumkin bo‘ldi. Tor doiradagi muzokaralarda biz barcha masalalar bo‘yicha o‘zaro tushunishga erishdik va men O‘zbekistonga taklifni qabul qildim».
Shavkat Mirziyoyevning fikricha, OAV ushbu tarixiy kun haqida bong urishi kerak. «Biz imkon qadar bu kun kelishini tezlashtirdik. Biz o‘zaro ishonchli va ochiq suhbat qurdik. Ko‘p narsalarni hal etdik. Bugun xohish-istak bo‘lgani uchun ko‘p narsaga erishdik. Biz tariximiz va kelajagimizni tiklayapmiz. Men sizni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga taklif qilaman», - deya o‘z taklifini takrorlagan Mirziyoyev.
Uning va'da qilishicha, tomonlar qisqa muddatda chegaraning qolgan 15 foizini ham aniqlab oladi, eng jiddiy masalalarni hal etadi.
O‘zbekiston Prezidenti suvdan foydalanish va GES qurilishi masalasiga ham alohida to‘xtaldi. «Atamboyev aytdiki, O‘zbekiston ishtirokisiz birorta ham GES barpo etilmaydi. Biz birgalikda Qambar ota GESini barpo etamiz, moliyaviy va boshqa masalalarda yordam beramiz. U bizga zarur va kerak», - deb qo‘shimcha qilgan Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
Mavzuga oid

17:16 / 28.01.2025
Jahon banki «Qambarota-1» GESi uchun hozircha 18,6 mln dollar ajratdi

17:35 / 02.05.2024
Abdulla Aripov Qambarota GESi haqida: “Bu O‘zbekiston uchun strategik loyiha”

11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti

21:36 / 01.05.2024