Muxlislar Shahram G‘iyosovni jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topishdi

Foto: AIBA
Hamburgda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionati yakunlariga ko‘ra, Xalqaro boks federatsiyasi - AIBA eng yaxshi bokschini aniqlash bo‘yicha rasmiy tvitterida so‘rovnoma o‘tkazdi.
Turnirning eng yaxshi bokschisi bo‘lish uchun 4 nafar sportchi da'vogarlik qildi. So‘rovnomada Xulio Sezar la Kruz (Kuba), Oleksandr Kijniak (Ukraina) va Sofiane Ouminiha (Fransiya) qatorida 69 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilib, terma jamoaga yagona oltin medalni keltirgan Shahram G‘iyosov ham da'vogarlik qilgandi.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, unda qatnashgan muxlislarning yarmidan ko‘pi Shahram G‘iyosovni turnirning eng yaxshi bokschisi deb topishgan. So‘rovnomada mingga yaqin tvitter foydalanuvchisi ishtirok etgan.
Mavzuga oid

10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

12:16 / 04.04.2025
Mo‘ydinxo‘jayev va Xoldorov jahon kubogini chorakfinaldayoq tark etdi

14:34 / 22.03.2025